Skip to main content

Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yangi funksiyalar asta-sekin qo'shiladi

Ingliz tili kafedrasi

Babadjanova Umida Baxodirovna

Kafedra mudiri

            Urganch davlat tibbiyot instituti Ingliz tili kafedrasi 2019 yil institut rektorining buyrug’iga asosan tashkil qilindi. Kafedraga Filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Babadjanova Umida Bahodirovna mudir etib tayinlandi. O’tgan 7 yil davomida, kafedrada o’quv,o’quv-uslubiy,ilmiy tadqiqot,ma’naviy-ma’rifiy tarbiyaviy va ustoz shogir ishlari yo’lga qo’yilib,samarali tarzda amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, Tibbiyotda xorijiy til fanidan 1, 2, 3 kurs talabalari uchun na’munaviy dastur asosida o’quv qo’llanma,o’quv uslubiy qo’llanma,majmualar yaratildi.
            Kafedra faoliyati davomida 3 nafar ingliz tili o’qituvchilari filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) darajasiga egalar va hozirda doktorlik dissertatsiyalari ustida izlanmoqdalar. Kafedraning 6 nafar o’qituvchilari ayni kunlarda ilmiy tadqiqot ishlari ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Kafedra professor o’qituvchilari tomonidan 10 dan ziyod monografiya, OAK e’tirof etgan ilmiy jurnallarda maqolalar chop etildi. Shu bilan birga kafedra o’qituvchilari doimiy ravishda xalqaro va respublika miqiyosda o’tkaziladiga ilmiy-amaliy konferensiyalarda ishtirok etib kelmoqdalar.
            Kafedrada ma’naviy-ma’rifiy ishlar ham samarali tarzda olib borilmoqda. Buni kafedra o’qituvchilari tomonidan tashkil etilgan qiziqarli tadbirlar,ko’rgazmalar hamda iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash maqsadida olib borilayotgan Speaking klublar,to’garaklar misolida ham ko’rishimiz mumkin.