Skip to main content

Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yangi funksiyalar asta-sekin qo'shiladi

Reja-moliya bo‘limi

Адамбаев Кудратбек Артикович

Bo'lim boshlig'i

Urganch davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining moliyaviy, byudjet hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohalaridagi normativ-huquqiy hujjatlarini ijro etish, “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, byudjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibiga oid normativlar va boshqa moliyaviy yo‘riqnomalarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish, institutning kelgusi moliyaviy davr uchun xarajatlarini rejalashtirish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarini chuqur tahlil qilish hamda moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni tashkil etish maqsadida Reja-moliya bo‘limi faoliyat yuritadi.

Boshqaruvning maqsadlari va funksiyalari

Reja-moliya bo‘limining asosiy maqsadi — institutning ta’lim, ilmiy va ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini moliyaviy rejalashtirish, byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar smetasini shakllantirish, daromadlar va xarajatlarning muvozanatini ta’minlash hamda moliyalashtirish jarayonlarini tashkil etishdan iboratdir. Joriy va istiqbolli rejalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi ta’lim va ilm-fan vazirligining me’yoriy tamoyillari asosida ishlab chiqiladi.

Reja-moliya bo‘limi boshlig‘ining asosiy vazifalari va funksiyalari:

  • Bo‘limning barcha faoliyati va xodimlarini umumiy boshqarish hamda muvofiqlashtirish;
  • Bo‘limning yillik va istiqbolli ish rejalarini tuzish, ularning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
  • Bo‘lim maqsadlaridan kelib chiqib institutning tarkibiy tuzilmalari, fakultetlar va kafedralar faoliyatini moliyaviy-iqtisodiy jihatdan muvofiqlashtirish;
  • O‘zbekiston Respublikasining ta’lim va moliya sohalariga oid qonunlari, Prezident farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi buyruqlari, shuningdek, institut rektori buyruqlari hamda Ilmiy kengash qarorlarining o‘z muddatlarida so‘zsiz bajarilishini ta’minlash va monitoringini olib borish;
  • Yangi moliyaviy yil uchun institutning byudjet va to‘lov-kontrakt (byudjetdan tashqari) mablag‘lari bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalari loyihalarini ishlab chiqish;
  • Professor-o‘qituvchilar, ilmiy, ma’muriy va xo‘jalik xodimlarining ish haqi, talabalar stipendiyasi va boshqa tenglashtirilgan to‘lovlarining to‘g‘ri hisoblanishi hamda fond mablag‘larini tahlil qilib borish;
  • Tasdiqlangan shtat normativlari va mezonlar asosida institutning shtatlar jadvali va tashkiliy tuzilmasini ishlab chiqish hamda unga tegishli o‘zgartirishlarni kiritish;
  • Ma’muriy-boshqaruv, o‘quv-yordamchi, xo‘jalik va professor-o‘qituvchilar tarkibini kadrlar normativlari asosida to‘g‘ri tariflashtirishni amalga oshirish;
  • Institutning barcha sohalari bo‘yicha moliyaviy holatining chuqur iqtisodiy tahlilini olib borish va moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;
  • Qo‘shimcha ta’lim xizmatlari, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt va boshqa pullik xizmatlar kalkulyatsiyasi va narxini hisoblab chiqish;
  • Xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan 4-guruh (boshqa xarajatlar) bo‘yicha to‘lovlarning maqsadli va samarali amalga oshirilishini tahlil qilish;
  • Moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘larini qonun hujjatlariga muvofiq taqsimlash bo‘yicha taklif va hisob-kitoblarni ishlab chiqish hamda rahbariyatga kiritish;
  • Fakultet va kafedralarning o‘quv yuklamasini aniqlash hamda soatlarning taqsimlanishini iqtisodiy va shtat birliklari nuqtai nazaridan tahlil qilib borish;
  • Buxgalteriya bo‘limi va institutning boshqa barcha tarkibiy bo‘linmalari bilan ajratilgan mablag‘lardan oqilona, shaffof va samarali foydalanish bo‘yicha doimiy hamkorlikni olib borish.

Ходжаниязова Зухра Кузиевна

Экономист

Давлатназаров Дониёр Гайрат угли

Экономист