Skip to main content

Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yangi funksiyalar asta-sekin qo'shiladi

Xalqaro hamkorlik bo‘limi

Абдуллаев Хурсандбек Отабоевич

Bo'lim boshlig'i

Bo‘lim tarixi va faoliyati.

Urganch davlat tibbiyot institutining Xalqaro hamkorlik bo‘limi 2019-yilda tashkil qilingan. Olib borilgan izchil va maqsadli ishlar natijasida institutning xorijiy hamkorlari soni yildan-yilga sezilarli darajada oshib bormoqda. Jumladan, 2019-yilda institut atigi 7 ta xorijiy tashkilot bilan hamkorlik qilgan bo‘lsa, 2026-yilga kelib bu ko‘rsatkich 60 tadan oshdi.

Bugungi kunda institut Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Hindiston, Pokiston Islom Respublikasi, Turkiya Respublikasi, Janubiy Koreya, Germaniya, Isroil, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va boshqa qator davlatlarning nufuzli universitetlari, klinikalari hamda tibbiyot tashkilotlari bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan.

Mazkur xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida har yili institutning qariyb 100 nafar professor-o‘qituvchilari xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarida akademik mobillik dasturlari asosida malaka oshirib, stajirovkadan o‘tib kelmoqda. Shu bilan birga, institutning 50 nafarga yaqin talabalari har yili xorijiy oliy ta’lim muassasalari va ularning klinik bazalarida yozgi malakaviy amaliyotlarda ishtirok etib, xalqaro tajriba orttirmoqda. Ta’lim sifatini yanada oshirish maqsadida institut o‘quv jarayonlariga har yili 50 nafardan ortiq xorijiy professor-o‘qituvchilar hamda soha mutaxassislari jalb etilmoqda.

Shuningdek, institutda yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Xususan, Rossiya Federatsiyasining Privoljskiy tadqiqot tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda bakalavriatning «Davolash ishi» yo‘nalishida 3+3 formatida, «Stomatologiya» yo‘nalishida 3+2 formatida, Qozon federal universiteti bilan «Farmatsiya» yo‘nalishida 3+2 formatida hamda Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda «Xalq tabobati» yo‘nalishida bakalavriatda 3+2 formatida va magistraturada 1+2 formatida, Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti bilan «Davolash ishi» yo‘nalishida 4,5+1,5 formatida qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etilgan.

Institutda tahsil olayotgan xorijiy talabalar soni hamda ularning geografiyasi yil sayin kengayib bormoqda. Hozirgi kunda Hindiston, Pokiston, Bangladesh, Misr Arab Respublikasi, Afg‘oniston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va boshqa yaqin 10 ga yaqin davlatlardan 1400 nafardan ortiq xorijiy talabalar Urganch davlat tibbiyot institutida tahsil olmoqda. Bu holat institutning xalqaro ta’lim makonidagi jozibadorligi va raqobatbardoshligini yaqqol namoyon etadi.

Шарипов Акбар Илхомович

Методист