
“Bitiruvchilar bandligi va imtiyozli kreditlar” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi

Bugun Urganch davlat tibbiyot institutida “Yoshlar oyligi” doirasida “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasi Xorazm viloyati filiali, “O‘zmilliybank” AJ Xorazm viloyati filiali va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Xorazm viloyat kengashi hamkorligida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda bitiruvchilar uchun yaratilayotgan bandlik imkoniyatlari, xususiy biznesni yo‘lga qo‘yishdagi imtiyozlar, “Yoshlar-kelajagimiz” jamg‘armasining dasturlari va “O‘zmilliybank” tomonidan taqdim etilayotgan kredit turlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Talabalar mutaxassislarga o‘z savollarini yo‘llab, amaliy javoblar olishdi.
Abidov
20.11.2025




