Bolalar jarrohligi, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi

Сапаев Отабек Кодирович
I-Toshkent Davlat tibbiyot instituti Urganch filiali direktori, t.f.d., professor R.D.Qurbanovning 1994 yil 10-fevral 17–sonli buyrug‘iga asosan «Bolalar xirurgiyasi» kafedrasi Viloyat bolalar klinik shifoxonasi bazasida tashkil qilingan.
Kafedraga 1994-1996 yillarda t.f.n., dotsent Utegenov Nurlepes, 1996-1998, 2011-2012 yillarda t.f.n., dotsent Ollabergenov Odilbek Tajiddinovich, 1998-2011 yillarda t.f.n., dotsent Xudayberganov Rustam Tangriberganovichlar mudirlik qilganlar.
2012 yil 3 sentabrdan xozirgi kungacha t.f.d., dotsent Sapaev Otabek Qodirovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Kafedra 2011-2012 yillarda “Bolalar jarroxligi va onkologiya” kafedrasi bo‘lib, 2013-2016 yillarda “Bolalar jarroxligi, anesteziologiya va reanimatologiya, stomatologiya” kafedrasi va 2017-2018 o‘quv yilidan boshlab “Bolalar jarroxligi, anesteziologiya va reanimatologiya” kafedrasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra professor – o‘qituvchilari “Bolalarda tug‘ma va orttirilgan xirurgik kasalliklarni tashxislash va davolash natijalarini yaxshilash” yo‘nalishida mavzusida ilmiy – tadqiqot ishlarini olib boradilar. Ushbu mavzu bo‘yicha ikkita doktorlik, 5 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. 200 dan ziyod ilmiy ishlar chop ettirilgan, shulardan 5 monografiya, 10 dan ortiq o‘quv qo‘llanmalarini, 60 dan ortiq o‘quv uslubiy ko‘rsatmalar chop qilingan. Kafedra a’zolari respublika, shahar, tuman va filial tomonidan tashkil qilinadigan ommaviy, ma’naviy – ma’rifiy, jamoatchilik ishlarida faol qatnashib kelmoqdalar.
Kafedrada hozirgi kunda jami 16 nafar professor – o‘qituvchilar, shulardan 2 nafar fan doktori, 5 nafar fan nomzodlari faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Professor o‘qituvchilar tarkibi
- So'ngi yangiliklar
-
17.11.2026Tayanç doktoranturaga kiriş imtihonlari ötkazilmoqda
-
03.11.2026Urganch davlat tibbiyot institutida korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyicha öquv maşğulotlari davom etmoqda
-
24.10.2026Mehr ulaşib, ezgulik sari!
-
20.10.2026“Yoshlar korrupsiyaga qarshi”
-
31.07.2026Urganch davlat tibbiyot instituti TalabaExpo–2026 koʻrgazmasida oʻzini munosib tarzda namoyish etdi
-
29.07.2026Urganch davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirmoqda
-
08.04.2026Talabalar bahori – 2026
-
04.04.2026Urganch davlat tibbiyot instituti talabalari Yoshlar markazi hududida tashkil etilgan hasharda ishtirok etmoqdalar
-
11.03.2026“Kiberxavfsizlik va kiberjinoyatchilikning oldini olish konsepsiyasi” mavzusida axborot-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi
-
10.03.2026«Yoshlar — giyohvandlikka qarshi!» mavzusida «Eng yaxshi rasmlar» tanlovi
-
Barchasini ko'rish














