
Koreys tili bo‘yicha 108-Xalqaro TOPIK imtihoni uchun kuzatuvchilarni qabul qilish e’lon qilinadi

Urganch davlat tibbiyot instituti (UrSMI) bazasida bo‘lib o‘tadigan koreys tili bo‘yicha 108-Xalqaro TOPIK imtihoni uchun kuzatuvchilarni qabul qilish e’lon qilinadi.
Kuzatuvchi sifatida ishtirok etish uchun faqat o‘qituvchilar ariza topshirishlari mumkin.
📅 Imtihon o‘tkaziladigan sana: 2026-yil 18-oktabr
📝 Arizalarni qabul qilish muddati: 2026-yil 14-sentabrdan 20-sentabrgacha (shu kuni ham).
Ariza topshirish uchun mas’ul shaxs bilan Telegram orqali bog‘laning
Qiziqish bildirgan o‘qituvchilardan belgilangan muddat ichida o‘z arizalarini yuborishlarini so‘raymiz.
Hamkorligingiz uchun tashakkur!
Hurmat bilan, TOPIK ma’muriyati
Abidov
12.09.2026