
Ta’lim sifati — jamoatçilik fikri nigohida
Ta’lim sifati — jamoatçilik fikri nigohida

INSTITUTDA 4 741 NAFAR R ESPONDENT IŞTIROKIDA ONLAYN SÖROVNOMALAR ÖTKAZILDI
Urganç davlat tibbiyot institutida ta’lim sifatini yanada oşiriş, ta’lim jarayonidagi mavjud imkoniyat va muammolarni aniqlaş, şuningdek, institutdagi ijtimoiy muhitni örganiş maqsadida talabalar, ota-onalar, professor-öqituvçilar, bitiruvçilar hamda iş beruvçilar örtasida onlayn sörovnomalar ötkazildi. Mazkur sörovnomalar institut Ta’lim sifatini nazorat qiliş bölimining 2025/2026-öquv yili iş rejasiga muvofiq taşkil etildi. Sörovnomalar institutning rasmiy veb-sayti orqali joylaştirilib, ta’lim jarayonining turli yönalişlari böyiça jamoatçilik fikri örganildi.
Sörovnomalarda jami 4 741 nafar respondent iştirok etdi. Jumladan, 3 837 nafar talaba, 493 nafar bitiruvçi, 223 nafar ota-ona, 159 nafar professor- öqituvçi hamda 29 nafar iş beruvçining fikr va takliflari tahlil qilindi.
Talabalar fikri — ta’lim sifatini takomillaştirişning muhim mezoni
Talabalar uçun taşkil etilgan 15 ta savoldan iborat sörovnoma natijalari ularning ta’lim jarayoni, professor-öqituvçilar faoliyati, mustaqil ta’lim oliş imkoniyatlari va yaratilgan şart-şaroitlarga munosabatini örganiş imkonini berdi. Xususan, professor-öqituvçilar tomonidan talabalar bilimini adolatli baholaş masalasi yuzasidan respondentlarning 37 foizi barça öqituvçilar adolatli baholaşini, 35 foizi esa ularning köpçiligi adolatli yondaşişini bildirgan. Şu bilan birga, ayrim respondentlar baholaş jarayonida mavjud kamçiliklarga ham e’tibor qaratgan. Mustaqil ta’lim oliş uçun yaratilgan şaroitlar aksariyat talabalar tomonidan ijobiy baholangan. Şu bilan birga, kutubxonalarda mustaqil şuğullaniş uçun qöşimça örinlar taşkil etiş zarurligi haqida takliflar bildirilgan. Talabalarning ta’lim sifatini yanada yaxşilaşga qaratilgan takliflarida zamonaviy öqitiş metodlari va raqamli texnologiyalarni joriy etiş, amaliy maşğulotlar sonini köpaytiriş, laboratoriya va simulyatsion maşğulotlarni kengaytiriş, öquv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasini oşiriş masalalari ustuvor örin egalladi.
Bitiruvçilar va ota-onalar munosabati — ta’lim natijalarining muhim körsatkiçi.
Bitiruvçilar örtasida ötkazilgan sörovnomada 493 nafar respondent iştirok etdi.Ularning fikrlarida zamonaviy ta’lim jarayonini taşkil etişda professor- öqituvçilarning bilim va malakasi, axborot texnologiyalaridan samarali foydalaniş, sifatli öquv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik muhim ahamiyat kasb etişi ta’kidlandi.Bitiruvçilarning iş beruvçi taşkilotlar bilan hamkorlikka oid fikrlari ham alohida e’tiborga molik. Ularning ta’kidlaşiça, bunday hamkorlik talabalarining kasbiy tayyorgarligini kuçaytiriş, amaliy bilim va könikmalarini rivojlantiriş hamda mehnat bozori talablariga mos raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaşga xizmat qiladi.Ota-onalar örtasida ötkazilgan sörovnomada 223 nafar respondent iştirok etdi. Ota-onalarning fikrlarida bölajak şifokor nafaqat öz kasbining bilimdoni, balki bemorlar bilan muloqotda xuşmuomala, mas’uliyatli va öz kasbiga fidoyi bölişi lozimligi alohida ta’kidlandi.Şuningdek, talabalarning yaşaş şaroitlari, professor-öqituvçilar faoliyati va ta’lim sifati yuzasidan bildirilgan fikrlar ota-onalarning institut faoliyatiga bölgan munosabatini örganişda muhim ahamiyat kasb etdi.
Professor-öqituvçilar fikri — ta’lim jarayonini rivojlantiriş omili.
Professor- öqituvçilar örtasida ötkazilgan sörovnomada 159 nafar respondent qatnaşdi.Natijalarga köra, respondentlarning 70 foizi dars jarayonida multimedia vositalari va onlayn platformalardan doimiy foydalanişini, 25 foizi ba’zan foydalanişini, 5 foizi esa foydalanmasligini bildirgan.
Talabalarga sifatli ta’lim beriş uçun yaratilgan şaroitlar yuzasidan professor- öqituvçilarning 65 foizi barça zarur şaroitlar mavjudligini qayd etgan. Şu bilan birga, ayrim respondentlar öquv xonalari, axborot -kommunikatsiya texnologiyalari vositalari, fanlar böyiça jihozlar, mulyajlar va tibbiy asbob-uskunalar bilan ta’minlaşni yanada yaxşilaş zarurligini bildirgan.Sörovnoma natijalarida öquv yuklamalarining taqsimlanişi, ta’lim mazmunining zamonaviy talablarga muvofiqligi va talabalarni öquv maşğulotlari vaqtida turli tadbirlarga jalb etiş masalalari ham aks etdi.
Iş beruvçilar bahosi — malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlaş mezoni.
Iş beruvçilar örtasida ötkazilgan sörovnomada 29 nafar respondent iştirok etdi. Sörovnoma natijalariga köra, iş beruvçilarning 35 foizi institut bitiruvçilarining kasbiy tayyorgarligini a’lo, 55 foizi yaxşi va 10 foizi örta darajada baholagan. Şu bilan birga, bitiruvçilarning klinik taşxis qöyiş, differensial diagnostika, amaliy muolajalarni bajariş, tibbiy hujjatlarni yuritiş va dori vositalaridan oqilona foydalaniş kabi kasbiy könikmalarini yanada rivojlantiriş zarurligi qayd etildi. Bitiruvçilarning bemorlar bilan muloqot qiliş va jamoada işlaş könikmalari yuzasidan ham takliflar bildirildi. Jumladan, respondentlarning 73 foizi bitiruvçilarning şaxslararo muloqot könikmalaridan qoniqişini, 27 foizi esa qoniqmasligini bildirgan. Amaliy könikmalar böyiça esa ijobiy fikrlar 65 foizni, salbiy fikrlar 35 foizni taşkil etgan.Iş beruvçilar klinik bazalarda amaliy maşğulotlarni köpaytiriş, mutaxassislar iştirokida mahorat darslari va amaliy seminarlar taşkil etiş, talabalarning klinik fikrlaş qobiliyatini rivojlantiriş muhimligini ta’kidlagan.
Sörovnoma natijalari — aniq vazifalar va istiqbolli rejalar asosi.
Ötkazilgan onlayn sörovnomalar natijalari institutda ta’lim sifatini yanada takomillaştiriş böyiça qator ustuvor vazifalarni belgilaş imkonini berdi.
Jumladan:
— talabalar mustaqil ta’lim olişi uçun kutubxona va axborot-resurs markazlarida qöşimça şaroitlar yaratiş;
— öquv jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim platformalari va multimedia vositalaridan samarali foydalanişni kengaytiriş;
— klinik, laboratoriya va simulyatsion maşğulotlar uluşini oşiriş;
— öquv adabiyotlari va elektron ta’lim resurslari bazasini boyitiş;
— davolaş -profilaktika muassasalari va iş beruvçi taşkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlaş;
— talabalarning kasbiy, amaliy va kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantiriş.
Şuningdek, sörovnomalarda talabalar va ota-onalar iştirokini yanada kengaytiriş, ular örtasida axborot-tuşuntiriş işlarini kuçaytiriş ham muhim vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Urganç davlat tibbiyot institutida ta’lim sifatini ta’minlaş jarayonida talabalar, ota-onalar, professor-öqituvçilar, bitiruvçilar va iş beruvçilarning fikr-mulohazalariga alohida e’tibor qaratiladi. Çunki ta’lim sifatini oşiriş — bu nafaqat ta’lim muassasasining, balki butun jamoatçilikning umumiy maqsadi va mas’uliyatidir.
Ta’lim jarayonini takomillaştirişga qaratilgan bunday sörovnomalar institutda içki sifatni ta’minlaş tizimining muhim vositasi bölib, aniqlangan muammolarni bartaraf etiş va ta’lim sifatini izçil rivojlantirişga xizmat qiladi.

Urganç davlat tibbiyot instituti
Ta’lim sifati nazorati bölimi
