Skip to main content

Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yangi funksiyalar asta-sekin qo'shiladi

Klinik anatomiya va gistologiya kafedrasi

Рузметов Улугбек Авазметович

Заведующий кафедрой, кандидат медицинских наук

Kafedra “Klinik anatomiya va gistologiya” kafedrasi nomi bilan 2019 yilda tashkil etilgan. Kafedra mudiri vazifasini bugungi kungacha t.f.n. dotsent Ro‘zmetov Ulug‘bek Avazmetovich bajarib kelmoqda. Kafedrada xozirgi kunda 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormokda. Kafedraning ilmiy saloҳiyati 15% ni tashkil etadi. Kafedra bazasi asosiy binoning 5 qavatida joylashgan bo‘lib, shu qavatning o‘zida barcha o‘quv ishlari olib boriladi. Kafedrada yiliga 1500 dan ortik talabalar, shu jumladan 200 dan ortik xorijiy talabalarga o‘zbek, rus va ingliz tilida ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarga qatnashib kelishadi. Talabalarga amaliy mashg‘ulot va ma’ruzalar innovatsion texnologiyalar asosida olib boriladi.

Kafedra jamoasi tomonidan nufuzli Respublika va xorijiy jurnallarda hamda xalqaro konferensiyalar to‘plamlarida 300 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. Shuningdek, 10 dan ziyod uslubiy qo‘llanma, 5 ta monografiya va 10 ta o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan.

Kafedrada 10 ga yaqin yangi tadqiqot usullari amaliyotga tatbiq qilingan. Kafedra xodimlari doimiy ravishda xorijiy mamlakatlarda Rossiya, Turkiya, Hindiston universitet va klinikalarida malaka oshirib kelmokdalar. 2025 yilda kafedra bazasida zamonaviy simulyatsion markaz tashkil etildi. Bu markaz talabalar va yosh mutaxassislar uchun amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlashda muhim maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Kafedra jamoasi ilmiy saloxiyat, ta’lim sifatini oshirish va yosh kadrlarni tarbiyalash borasida fidoyilik bilan mexnat kilmokda. “Klinik anatomiya va gistologiya kafedrasi” bugungi kunda Urganch davlat tibbiyot institutining ilmiy va amaliy markazlaridan biri sifatida respublikamiz rivojiga munosib xissa qo‘shib kelmoqda.