Skip to main content

Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yangi funksiyalar asta-sekin qo'shiladi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida “Kelajakka qadam” loyihasi doirasida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi

2025-yil 25-avgust kuni Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialida 2025–2026-o‘quv yili bitiruvchi talaba-yoshlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli Qarori ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda TTA Urganch filiali direktori R.Y.Ruzibayev, “BABY MED KLINIKA” MCHJ rahbari N.U.Sharipov, “AZZA MED” MCHJ ta’sischisi A.Sh.Matyakubov, O‘zbekiston Respublikasi Milliy banki Xorazm viloyati boshqarmasi kredit portfelini boshqarish bo‘limi boshlig‘i S.R.Sabirov hamda “Kelajakka qadam” sho‘basi loyiha menejeri U.K.Bekmonov ishtirok etdilar.

 

Tadbir davomida bitiruvchi talabalarning kelgusidagi kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va kelajak rejalari bo‘yicha foydali maslahatlar berilib, takliflar berildi.


Abidov
25.08.2025