Skip to main content

Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yangi funksiyalar asta-sekin qo'shiladi

2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi

✅Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 20-iyuldagi 232-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganligini ma’lum qilamiz.

➡️ Hujjatlarni qabul qilish

🗓 Muddat: 2026-yil 20-avgust, soat 23:59 gacha.

🖥 Hujjat topshirish: faqat elektron shaklda medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali.

‼️ Talabgor bir qabul mavsumida 1 ta ta’lim tashkiloti va 1 ta mutaxassislikni tanlashi mumkin.

📝 Kirish test sinovlari

▪️ Sana: 2026-yil 25–30-avgust.

🏢 Test sinovlari Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi tomonidan tasdiqlangan jadval asosida o‘tkaziladi.

📌 Qabul natijalari e’lon qilinib, qabul buyruqlari 2026-yil 10-sentyabrga qadar rasmiylashtiriladi.

📂 Elektron tarzda yuklanadigan hujjatlar:

🪪 Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;

📖 Oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;

📑 Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.

👩‍💻 Mas’ul kotib: (PhD) dotsent Tajiyeva Zebo Bahodirovna

☎️ Murojaat uchun tel.:
+998 90 469 27 67
+998 99 486 77 72

🏢 Manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri, Mustaqillik MFY, Tinchlik ko‘chasi, 49-uy.

🏘 Mo‘ljal: Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (UrDTI Pediatriya markazi).


Abidov
21.07.2026