
N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetiga 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi
N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universitetiga 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlandi

✅Sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 20-iyuldagi 232-sonli buyrug‘iga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganligini ma’lum qilamiz.
➡️Hujjatlarni qabul qilish
🗓 Muddat: 2026-yil 25-iyul, soat 23:59 gacha.
🖥 Hujjat topshirish: faqat elektron shaklda lk.rsmu.ru axborot tizimi orqali.
‼️Talabgor bir qabul mavsumida 1 ta ta’lim tashkiloti va 1 ta mutaxassislikni tanlashi mumkin.
📝Kirish test sinovlari
🗓 Sana: 2026-yil 29-30-iyul.
🏢Test sinovlari Toshkent davlat tibbiyot universiteti hududida o‘tkaziladi.
📌Qabul natijalari e’lon qilinib, qabul buyruqlari 2026-yil 10-sentyabrga qadar rasmiylashtiriladi.
📂Elektron tarzda yuklanadigan hujjatlar:
🪪Shaxsni tasdiqlovchi hujjat;
📖Oliy tibbiy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi;
📑Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar.
👩💻Mas’ul kotib: (PhD) dotsent Tajiyeva Zebo Bahodirovna
☎️Murojaat uchun tel.:
+998 90 469 27 67
+998 99 486 77 72
🏢Manzil: Xorazm viloyati, Urganch shahri, Mustaqillik MFY, Tinchlik ko‘chasi, 49-uy.
🏘 Mo‘ljal: Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (UrDTI Pediatriya markazi).