Skip to main content

Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yangi funksiyalar asta-sekin qo'shiladi

Urganch davlat tibbiyot instituti xalqaro hamkorlikni yanada kengaytirmoqda!

📅 2026-yil 28–29-iyul kunlari Qirg‘iz Respublikasida III O‘zbekiston–Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlari forumi bo‘lib o‘tdi.

👨‍⚕️ Mazkur nufuzli forumda Urganch davlat tibbiyot instituti rektori Ruzibayev Rashid Yusupovich ham ishtirok etdi.

🤝 Forum doirasida Urganch davlat tibbiyot instituti hamda Bishkek shahridagi I.K. Axunbayev nomidagi Qirg‘iz davlat tibbiyot akademiyasi o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan 5 yillik dasturlarni o‘z ichiga olgan hamkorlik memorandumi imzolandi.

📌 Memorandum doirasida:

🔹 Qirg‘izistondan UrDTIda tahsil oladigan talabalar soni oshiriladi;

🔹 talabalar va professor-o‘qituvchilarning akademik mobilligi dasturlari kengaytiriladi;

🔹 qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshiriladi;

🔹 hammualliflikdagi ilmiy maqolalar hamda xalqaro grant loyihalari yo‘lga qo‘yiladi.

🌐 Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash – ta’lim sifati, ilm-fan taraqqiyoti va innovatsion rivojlanish yo‘lidagi muhim qadam!


Abidov
29.07.2026