Skip to main content

Sayt sinov rejimida ishlamoqda

Yangi funksiyalar asta-sekin qo'shiladi

Kadrlar bo‘limi

Ахмедов Бахтиёр Юсупович

Bo'lim boshlig'i

Bo‘lim to‘g‘risida umumiy ma’lumot

  • Kadrlar bo‘limi Urganch davlat tibbiyot institutining mustaqil tarkibiy qismi hisoblanadi;
  • Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom va institut Nizomiga hamda Mehnat qonunchiligi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga, institut rektori buyruqlariga, ko‘rsatmalariga, yo‘riqnomalariga amal qiladi;
  • Kadrlar bo‘limi institut va bo‘lim nomi yozilgan yumaloq muhrga ega;
  • Yumaloq muhr Kadrlar bo‘limi boshlig‘i yoki boshliq tomonidan mas’ul etib tayinlangan xodim ixtiyorida bo‘ladi;
  • Bo‘lim boshlig‘i “professor-o‘qituvchilar bilan ishlash”, “Ma’muriy-xo‘jalik xodimlari bilan ishlash”, “O‘quv-yordamchi xodimlar bilan ishlash” faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi;
  • Bo‘lim bevosita institut rektoriga bo‘ysunadi.

 

Bo‘limning asosiy vazifalari

  • Ishga olingan har bir xodim va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, xodimlarning mehnat daftarchalariga oid ma’lumotlarni Yagona milliy mehnat tizimining elektron platformasiga joylashtirish hamda ish faoliyatiga oid buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;
  • Professor-o‘qituvchi va xodimlarning qo‘nimsizligini tahlil qilish, xodimlar sifat tarkibini yaxshilash va ularni o‘rnashib qolish borasida olib boriladigan ishlar, foydalanish uchun ma’lumotlar, shuningdek faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganish;
  • Institut nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida rahbariyatga takliflar berish;
  • Institut xodimlarini davlat, vazirlik va tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash ishlarini tashkillashtirishda rahbariyatga taklif kiritish.

 

Шарипова Наргиза Джуманазаровна

Инспектор

Салаева Садокат Уктамовна

Инженер по кадрам 1-й категории