Skip to main content

Сайт синов режимида ишламоқда

Янги функциялар аста-секин қўшилади

2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi

 

🎓Abituriyentlar diqqatiga!

Bugun, 5-iyun sanasidan boshlab 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o’qishga kirish uchun qabul jarayonlari boshlandi.

🏛Urganch davlat tibbiyot instituti  Qabul komissiyasi huzurida tashkil etilgan “Call-markaz” hamda Maslahatlar markazi abituriyentlar, ota-onalar va fuqarolarning murojaatlariga tezkor javob berish maqsadida o‘z faoliyatini boshladi.

Ta’lim yo‘nalishlari, qabul tartibi, hujjat topshirish jarayonlari, imtiyozlar va boshqa masalalar yuzasidan malakali mutaxassislardan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

☎️“Call-markaz” telefon raqamlari:
+998 62 226 02 14
+998 62 226 02 15
+998 62 226 02 17
+998 62 226 02 18

🗣Maslahatlar markazi:
+998 62 226 02 64

Ish vaqti: 09:00 – 18:00

➡️Hurmatli abituriyentlar! Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha murojaat qiling. Urganch davlat tibbiyot instituti jamoasi sizga qabul jarayonida amaliy va maslahat yordamini ko‘rsatishga tayyor!


Абидов
05.06.2026